Sizni bizning true.uz web-saytimizda ko'rishdan xursandmiz!

Nima uchun sayt nomi true? Chunki asosiy dasturiy ta'minotlar kompyuter uchun yoziladi.Komputerda dasturlarning bajarilishi oxirgi bosqichda true yoki false(1 yoki 0) ga borib taqaladi.Bu web-saytda siz barcha sohadagi dasturiy ta'minotlardan habardor bo'lishingiz mumkin. Bizning asosiy yo'nalishimiz web saytlardir. Bu yerda web saytni ishlab chiqishni qayerdan boshlashni, sifatli web-saytni qanday yaratishni,sayt uchun serverni qanday qilib to'g'ri sozlash kerakligini bilib olishingiz mumkin.PHP,Python,JAVA va C# dasturlash tillarida dastur tuzishni va berilganlar bazasi (SQL) bilan ishlashni o'rganishingiz mumkin.

Shuningdek, bu erda CMS, Yii2, Laravel, Symfony,Django, Spring va boshqa yordamchi dasturiy ta'minotlar va dasturlash tillari haqida qiziqarli maqolalar va yangiliklarni topishingiz mumkin. Va agar siz operatsion tizimlarga (masalan, Windows, Ubuntu, MAC) qiziqsangiz, unda juda ko'p qiziqarli narsalar bo'ladi: OT ni o'rnatish, ma'lumotlarni tiklash, lokal tarmoqni sozlash, dasturlarni o'rnatish va boshqalar.

Internet-marketingga qiziqasizmi? Unda siz uchun bizning SEO va web saytni reklama qilish bo'yicha maqolalarimiz bor. Siz reklama uchun to'g'ri so'z birikmalarini qanday tanlashni, reklamadan oldin saytni qanday qilib to'g'ri tekshirishni, kontekstli reklama uchun byudjetni qanday rejalashtirishni, Google AdWords va Yandex.Direct da reklama kompaniyalarini qanday tashkil etish va yuritishni o'rganishingiz mumkin.

Agar siz o'zingizning savolingizga javob topa olmasangiz, bizning savol-javob bo'limimizga o'ting, u yerda siz o'zingizning savolingizni berishingiz va soha mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

Bizning loyihamiz hali yangi, maqolalar unchalik ko'p emas. Ammo shu maqolalar barchaga yordam berishiga umid qilamiz!


Ha aytgancha bizning loyihamiz ochik kodli(opensource). Hohlagan foydaluvchi dasturni ko'chirib olib uni o'zining shaxsiy blogi uchun foydalanishi mumkin)).